Uchrashuvda O'zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiya tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijda turli qiyinchilik va muammolarga duch kelayotgan mehnat migrantlariga ko'rsatilayotgan yordamlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Mehnat migrantlari bilan yakka tartibda suhbatlar o'tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Ularni qiynab kelayotgan ko'plab savollarga javob qaytarilib, aniqlangan muammolar joyida bartaraf etildi.