Bu haqda Yangi Janubiy Uels politsiyasi komissari Mal Lenon matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Tergovchilarning so'zlariga ko'ra, Bondi plyajidagi hujum uyushtirgan shaxslar Sidneyning janubi-g'arbiy qismida joylashgan Bonnirigg tumanining fuqarolari bo'lishgan. Xabar qilinishicha, “24 yoshli erkak hibsga olish paytida og'ir jarohat olgan va uning 50 yoshli otasi o'ldirilgan”.

“Hujumga aloqadordan kimdir kechagi voqeani rejalashtirganiga oid hech qanday alomat yo'q”, dedi Len`on va hujum uyushtirgan shaxslardan biri “litsenziyaga ega bo'lgan va taxminan 10 yil davomida qonuniy ravishda o'qotar qurolga egalik qilganini” qo'shimcha qildi, deb xabar berdi report.az.