Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida, xorijiy davlat fuqarosi E.X. umumiy qiymati 224 million soʻmlik, 100 000 dona tibbiyot vositalari va 7995 dona “Leykoplastыr” tibbiyot vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.