Poytaxtimizning Shayxontohur tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.M. hamda V.A. 5 dona qogʻoz qutilarda sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, chet elda ishlab chiqarilgan 2000 quti dori vositalarini sotishga urinayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Shuningdek, fuqaro V.A. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtotransport vositasiham belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, avtoulov salonida ham 600 quti dori vositalari borligi aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 663 mln. soʻmni tashkil qilmoqda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.