Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro X.M. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli yengil avtotransport vositasi viloyatning Oltinkoʻl tumani hududida toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 45 million soʻmlik 5 turdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.