Tadbir davomida, fuqaro A.B.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashina belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida chet davlatida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 17 million soʻmlik virus blokatorlari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat boʻyicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.