Sigaret qutisiga yashirilgan giyohvand modda fosh etildi

    Voqea-hodisalar 22 Aprel 2025 436

    Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Bestobe“ Yoʻl patrul postida “Cobalt” rusumli avtomashina yoʻlovchisi yonidan giyohvand moddalar borligi aniqlandi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 18-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi Jinoyat qidiruv boʻlimi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YHX Yoʻl patrul xizmati inspektorlari bilan birgalikda Qoraoʻzak tumani “Bestoʻbe“ YPX postida Toshkent shahridan kelayotgan “Cobalt” rusumli avtomashinasini toʻxtatilgan.

    Xolis guvohlar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, ushbu avtomashinaning old oʻrindigʻida yoʻlovchi sifatida ketayotgan Qoʻngʻirot tumanida yashovchi 2004-yil tugʻilgan S.S ismli shaxsning shimining chap choʻntagidan “Parlament“ sigaret qutisining ichida bir dona oq rangli sellofan boʻlagi ichida giyohvand modda borligi aniqlangan.

    Hozirda holat yuzasidan Qoraoʻzak tumani Ichki ishlar boʻlimi tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.