«Silk Avia» oktyabrdan O‘zbekiston bo‘ylab yangi yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni yanada osonroq va qulay bo‘lishini ta'minlash maqsadida «Silk Avia» aviakompaniyasi oktyabr oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab yangi uchta yo‘nalishda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

    Xususan, 8-oktyabrdan Farg‘onadan Samarqandga hamda Qo‘qondan Buxoroga, shuningdek, 11 oktyabrdan Qo‘qondan Termizga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

    Parvozlar haftada bir marta:

    «Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona» va «Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon» yo‘nalishda har seshanba hamda «Qo‘qon – Termiz – Qo‘qon» yo‘nalishda har juma kunlari amalga oshiriladi, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.