Xususan, YETTB ning yillik yigʻilishi, shuningdek, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishi, Triatlon va Paratriatlon boʻyicha Osiyo chempionatlari va “Turkmaniston-Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Xitoy” gaz quvurining ishlatilishi boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning yigʻilishi eng muhimlaridan biri boʻldi.
Mamlakatimiz va xalqaro darajadagi ekspertlar markazning Oʻzbekiston sayyohlik salohiyatini yangilash va rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhimligini taʼkidlaydilar. Majmuaning noyob konsepsiyasi har bir mehmonga madaniy, sogʻlomlashtirish va gastronomik turizmdan bahramand boʻlish imkonini beradi.
2023-yil boshidan to bugungi kungacha Silk Road Samarkand sayyohlik markazi 40 000 dan ortiq mehmonlarni qabul qildi. Bular Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Turkiya, Ozarbayjon fuqarolaridir. Shuni taʼkidlash joizki, Yevropa Ittifoqi, AQSH va Xitoydan kelgan sayyohlarning ham turizmga qiziqishi yanada ortib borayapti.
Silk Road Samarkand sayyohlik markazi hududida "Abadiy shahar" tarixiy-etnografik bogʻi, 14 ta "Eco Village" villasi va sakkizta 4-5* mehmonxona (yulduz) faoliyat koʻrsatmoqda.