Kechasi va ertalab salqin havo sezilyapti, hududlarning katta qismida harorat kechasi 15-18 darajaga pasaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida kunduzgi harorat 40-42 daraja boʻlgan issiq ob-havo saqlanib turdi. Respublikaning bir qator tumanlarida biroz yomgʻir yogʻdi.
Bugun respublika boʻyicha harorat 30-33 daraja, janubda 39-41 daraja boʻlgan salqin ob-havo saqlanib turadi.
27-iyun—30-iyun kunlari havo harorati biroz koʻtariladi va 34-37 daraja, janubda 39-41darajagacha atrofida boʻladi.
Faqat shanba va yakshanba kunlari 1-2-iyulda Oʻzbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi kuchayadi va kunduzgi harorat yana 38-40darajagacha, janubda baʼzi joylarda 42darajagacha koʻtariladi.
Ushbu haftaning oxirigacha respublika boʻyicha havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi hududlari bilan chegaradosh togʻ oldi va togʻli hududlarda 26-28-iyun kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
26-iyunda shimolda, 27-29-iyunda respublikada baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol bir ozdan oʻrtachagacha esadi. Harorat bugun kunduzi 32-34daraja, 27-iyun—30-iyunda 34-37 daraja, 1-2-iyulda 37-40daraja boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.