Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-sonli “Sinov laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” hamda Oʻz DSt 3410:2019 “Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligiga qoʻyiladigan umumiy talablar” davlat standarti talablari asosida yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Markaziy sinov laboratoriyasi
va “Koʻkdumaloq” sinov laboratoriyalari “Oʻz DSt 3410:2019” davlat standarti talablari asosida “Akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan “Maʼqullash” toʻgʻrisidagi guvohnomani qoʻlga kiritdi.

Hozirda boshqarmaga qarashli “Alan”, “Kultak”, “Pomuq”, “Janubiy Kemachi”, “Umid”, “Oʻrtabuloq-Dengizkoʻl”, “Zevarda” hududlaridagi sinov laboratoriyalarini “Oʻz DSt 3410:2019” davlat standarti talablari asosida malakaligini maqullash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bunda sinov laboratoriyalarni “Oʻz DSt 3410:2019” davlat standarti talablari asosida jihozlanishi, xodimlarni oʻqitish va tahlillar boʻyicha bilim va malakalarini rivojlatirish, jarayon hujjatlarini tayyorlash, meʼyoriy hujjatlar fondi shakllantirish, oʻlchash uslubiyatlari hamda hujjatlar shakllari boʻyicha har bir laboratoriyada tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi.

Barcha laboratoriyalarda Akkreditatsiya markazining standart shakllari boʻyicha maʼlumotlar tayyorlanib bosqichma-bosqich “Akkreditatsiya markazi” DUKga taqdim qilish ishlari olib borilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati