Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda stansiyada sinov-sozlash ishlari olib borilmoqda.
Stansiyaning avariyaviy o‘chishi natijasida avariyaga qarshi avtomatika ishlab, respublika hududining ayrim qismlarida elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan. Asosan qishloq xo‘jaligi suv nasoslari va aholi iste’molchilarida uzilishlar kuzatilgan.
Hozirda elektr ta’minotidan uzilgan barcha iste’molchilar tarmoqqa qayta ulangan.
Elektr ta’minotini tiklash jarayonida energiya saqlash tizimlari hamda elektr stansiyalaridagi zaxira quvvatlar ishga tushirilib, iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa ulangan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.