Transport vaziri Ilhom Maxkamov 23-fevral kuni Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi, Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Dastlab, uchrashuvda mamlakatimiz transport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida mehmonlarga batafsil maʼlumot berildi.
Shundan soʻng, transport infratuzilmasini rivojlantirish va yoʻl qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Toshkent – Samarqand”, “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yoʻllarini, “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib oʻtuvchi 38 km avtomobil yoʻlini qurish hamda aviatsiya sohasidagi loyihalar muhokama etildi.