Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston–Qozogʻiston davlat chegarasida joylashgan Qozogʻiston Respublikasining “Atameken” chegara bojxona postida qurilish ishlari yakunlangach, oradan uch yil oʻtib, bojxona posti faoliyati qayta tiklandi.
Endilikda fuqarolar uchun chegaradan oʻtish jarayonlari yanada yengillashtirilib, qulay va tezkor harakatlanish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga, masʼul idoralar fuqarolardan chegara bojxona posti orqali harakatlanishda belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilishni soʻramoqda.