Toʻrtinchi tashabbus. Sirdaryo mamlakatimizni Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va Afgʻoniston bilan bogʻlaydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi.
Buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yoʻnalishlariga bogʻlaydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.
Bulardan tashqari, yoʻllarni qurish, taʼmirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etildi.
Maʼlumki, davlat tibbiy sugʻurtasi, tibbiyotni raqamlashtirish kabi islohotlar Sirdaryo viloyatidan boshlangan edi. Yurtimizdagi ilk tibbiyot klasteri ham shu yerda barpo etilayapti. Qoʻshni Qozogʻiston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.
Shu bois, beshinchi tashabbus doirasida Guliston shahri mamlakatimizning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.
Davlatimiz rahbari barcha tashabbuslar boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.