Aniqlanishicha, 2021-yilda prokuratura organlari tomonidan mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida MCHJning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha soliq idoralari hujjatli taftish oʻtkazgan.

Oʻsha davrda viloyat Davlat soliq boshqarmasida bosh inspektor boʻlib ishlagan mazkur mansabdor shaxs aniqlangan 900 mln. soʻmga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar boʻyicha belgilanishi lozim boʻlgan 300 mln. soʻmlik jarima miqdorini 72 mln. soʻmga kamaytirib berish evaziga 14.500 AQSH dollari miqdorida pora olgan.

Hozirda unga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Fargʻona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi esa 1998-yilda tugʻilgan fuqaroni viloyatdagi harbiy qismlardan birining orkestriga tanishlari orqali ishga kiritib qoʻyish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQK Departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.