Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasining davlat xaridlarida qonun buzildi

    Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi oʻtkazgan 954 mln soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, Qoʻmitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi ushbu xaridlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan oʻrganish olib bordi.

    Oʻrganishlar natijasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14-iyun sanasida “Ekskavator-Pogruzchik” xarid qilish uchun oʻtkazilgan boshlangʻich qiymati 954 mln soʻmlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi va “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlandi.

    Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli maʼlumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.