Sirdaryo tumanidagi Asaka Motors avtozavodida Hyundai avtomobillari ishlab chiqariladi

    “Asaka Motors International” kompaniyasi va “Hyundai Motor Sompany” Sirdaryo tumanidagi avtomobil zavodida Hyundai brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdi.

    Oʻzbekiston avtomobil bozorida oʻsib borayotgan raqobat sharoitida bozor talabini aniqlash maqsadida tomonlar loyihani ikki bosqichda amalga oshirishga kelishib oldilar.

    Birinchi bosqich doirasida Elantra, Tusson, Sonata, Santa Fe, Palisade va Staria modellarini yirik blokli ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq, ushbu bosqichning boshlanishi 2024-yil may oyiga rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari, tomonlar 2024-yil oxiriga qadar kavsharlash, boʻyash va yigʻish texnologik jarayonlari boʻyicha ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaratilgan rejalashtirish ishlarini yakunlashga kelishib oldilar.

    Ushbu bosqich doirasida, shuningdek, avtokomponentlar ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, jumladan, viloyat hududida butlovchi detallar ishlab chiqarish boʻyicha klaster qurish koʻzda tutilgan. Ushbu klasterning zavod yaqinida joylashishi oʻz navbatida kompaniyaga butlovchi detallar logistikasi bilan bogʻliq xarajatlar va vaqtni qisqartirish imkonini beradi.