Bu davlatimiz rahbarining 25-aprel 2022-yildagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlagani bilan ham ahamiyatlidir.
Natijada tumandagi Ilg'or, Yangiobod, Quyosh, Tadbirkor, Furqat mahalla fuqarolarini ko'pdan buyon qiynab kelayotgan masalaga yechim topildi. Eng muhimi, ishga tushgan va foydalanishga topshirilgan, yengil konstruktsiyali mahalla tibbiy punkti aholining uzog'ini yaqin qilib qolmay, sog'liq bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish imkonini bermoqda.
Mazkur mahalla tibbiy punktlarida shart-sharoit yaxshi. Issiq va sovuq suv, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun dori-darmon vositalari bor. Ular kunduzgi muolajalarni shu yerda, hech qayerga bormay olaveradi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.