Davlatimiz rahbari 8-may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgani, boyovutlik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovgʻa qilmoqchiligi maʼlum boʻlgandi.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Prezident topshirigʻidan soʻng, otaxonga uy sovgʻa qildi.
101 yoshli otaxon Oʻskan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, kechaning oʻzida xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim bugun gospitalda ham boʻlib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.