Maktablarning ochilishi toʻgʻrisidagi qarorlar har bir maktab boʻyicha individual tarzda sanitariya-epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng qabul qilinishda davom etyapti.

Xususan, 7-sentyabrda viloyatda 23 ta (7.4%) maktab faoliyatini boshlagan boʻlsa, 14-sentyabrdan 57 ta (62.4%), 21-sentyabrda 193 ta (62.4%) maktab faoliyatini tikladi.

28-sentyabrda faoliyatini tiklagan maktablar soni 86,4 foizga yetdi. Bugun oʻz faoliyatini toʻlaqonli ravishda olib borayotgan maktablar soni 267 tani tashkil etadi. 

Eslatib oʻtamiz, maktab faoliyati tiklanmagan oʻquvchilarning taʼlim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanadi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.