Turkiyaning “Cyengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.
Obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilmoqda. Kecha elektr stansiyasining ilk gaz-porshenli qurilmalari sinovdan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Stansiya ikki hafta ichida Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.
Elektr stansiya yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi.