Ayni paytda qurilish maydonchasida obyektni qurish uchun yer maydonini tayyorlash ishlari boshlandi.
Loyiha doirasida bosh pudratchi – Xitoyning China Gezhouba Group Corporation (CGGC), kompaniyasi aniqlandi, u obyektni “tayyor xolda” topshirish asosida quradi. Elektr stansiyasi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Shirin shahrida joylashadi.
Loyiha Yaponiyaning MHPS kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori boʻlgan eng zamonaviy kombinatsiyalangan sikllardan foydalanishni nazarda tutadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustda “Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4799-sonli qarori qabul qilingan edi.
Ushbu hujjat bilan, Sirdaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoning suv va energetika loyihalari boʻyicha kompaniya) va “Acwa Power Sirdarya” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) oʻrtasida tasdiqlangan edi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.