Sirdaryoda 3 nafar egizak chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar beradi viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, chaqaloqlar Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida kesar kesish yoʻli bilan dunyoga kelgan.

Jarrohlik amaliyotini 1-toifali akusher-ginekolog Shahlo Xojayeva olib bordi. Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi 2001-yilda tugʻilgan ona 3 nafar farzandni dunyoga keltirgan chaqaloqlarning ikkisi oʻgʻil, birisi qiz boʻlib, ularning vazni:

  • 1- oʻgʻil bola — 1 kg 920 gr
  • 2-oʻgʻil bola — 2 kg 710 gr
  • 3-qiz bola — 2 kg 830 gr

Ona va chaqaloqlarning ahvoli yaxshi, hozirda shifokorlar nazoratida.