Sirdaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi 1989-y.t. ukasi bilan oʻzaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming dollar talab qiladi.
DXXning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.