Bu esa, shu turdagi amaliyotlarni Sirdaryoda yoʻlga qoʻyish imkonini beradi, — deydi endovaskulyar xirurgiya boʻlimi mudiri Xurshid Hakimov. — Jarrohlik amaliyotining qulayligi shundaku, tanaga tigʻ tegmaydi, jarrohlik amaliyoti qisqa vaqt davom etadi. Qolaversa, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqti ham qisqa. Ochiq operatsiyada kuzatilishi mumkin boʻlgan qon ketish, tikilgan defektlarning qayta ochilib ketish kabi asoratlar kuzatilmaydi.
Yuqori texnologik endovaskulyar jarrohlik amaliyoti Respublika Bolalar milliy tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan sirdaryolik endovaskulyar jarrohlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Va natijada yurak nuqsoni bartaraf etildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.