Qayd etilishicha, shu yilning 19-iyun kuni tonggi soat 5:40 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yoʻlining 116-km/da “Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib uriladi.
Oqibatda ushbu yoʻnalish boʻylab harakatlanib kelayotgan “Yutong” rusumli transport vositasi “Lacetti” rusumli avtomobilga borib toʻqnashadi.
Maʼlumotlarga koʻra, YTH oqibatida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida yoʻlovchi sifatida harakatlanib kelayotgan 1 nafar yoʻlovchi tan jarohatlar olib tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimida koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.