Maʼlum boʻlishicha, 34 yoshli haydovchi “LASETTI” rusumli avtomashina Guliston-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha boshqarib kelib, yoʻlning qayrilib olish mumkin boʻlgan qismida qayrilib olayotgan vaqtida qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtgan vaqtida Toshkent-Guliston yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “ISUZU” rusumli avtomashina orqa qismidan urilishi natijasida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi beton bordyurga urilib YTX sodir etgan.
“LASETTI” rusumli avtomashinada elektr kabellarining qisqa tutashuvi natijasida yongʻin kelib chiqib avtomashina yonib ketgan.
“LASETTI” rusumli avtomashinada boʻlgan haydovchi va yoʻlovchilar yaʼni, haydovchining turmush oʻrtogʻi 36 yashar Akbarova Nargiza va ikki nafar farzandlari — 7 yashar qizi MamurovaIrodaxon va 4 yashar oʻgʻli MamurovAsadbeklar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
YTH va yongʻin natijasida jarohat olganlar yoʻq.
Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati IIB YHXB matbuot xizmati.