Qayd etilishicha, hodisa shu yilning 13-mart kuni soat 10:00lar atrofida Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Yangiyer-Guliston“ yoʻnalishida “Nexia-3” rusumli yengil avtomobil hamda chiqindi tashishga moʻljallangan “Isuzu” rusumli maxsus transport vositasi oʻzaro toʻqnashgan.
Yoʻl transport hodisasi oqibatida “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda uning holati aniqlanmoqda.