Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Sardoba tumanida oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida fuqarolar S.A va B.I lar oʻziga tegishli boʻlgan ov quroli bilan hech qanday ruxsatnomasiz ov qilib yurganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 7million 500 ming soʻmdan, jami 15 million soʻm jarima qoʻllanildi hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar 750 ming soʻm miqdorida belgilandi.