Bildirilishicha, Andijon viloyati Andijon tumanida doimiy roʻyxatda turuvchi E. Gʻ. 102-qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, Sirdaryo tumanidagi 27-sonli maktabning 1e-sinfida oʻqiydigan qizi Gʻ.O.ning qoʻliga oʻqituvchisi Goʻzal Abdullayeva igna tiqqani va uni hojatxonaga chiqarmasdan tazyiq oʻtkazgani xususida maʼlum qilgan.
Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JXX HPB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgani aytildi.
"Surishtiruv davomida mutaxassislar tomonidan ushbu maktabning 1-ye sinf oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan 28 nafar oʻquvchi oʻqituvchisi tomonidan hech qanaqa qoʻpollik qilmagani, Gʻ.O. urishmagani, unga igna tiqmaganini bildirgan. Surishtiruv davomida yuqoridagi holat tasdigʻini topmagan. Ota onalar tomonidan esa oʻqituvchi ijobiy tavsiflangan", deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Gʻ.O.ga Sud tibbiy ekspertizasiga olgan tan jarohati yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda