Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida viloyatning Xovos tumani “Obod“ mahallasi hududida 1 tup sogʻlom holatdagi turangʻil daraxti nomaʼlum shaxslar tomonidan kesib ketilganligi aniqlandi.
Mazkur huquqbuzarlik natijasida oʻsimlik dunyosiga 41 million 250 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Ushbu huquqbuzarlik holatiga aniqlik kiritish maqsadida dastlabki toʻplangan hujjatlar Sirdaryo viloyat ichki ishlar organiga yuborilgan va holat boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.