Sirdaryoda uch egizak oʻgʻil tugʻildi

    Bo'sh vaqtda 7 Yanvar 2023 2221

    Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida joylashgan “Sharq haqiqati” mahallasida yashovchi Ikromjon Qalandarov hamda Gulchehra Qalandarovalar oilasida bir yoʻla uch farzand dunyoga keldi.

    Kattasining vazni 2,3 kilogrammni, oʻrtanchasini vazni 2,08 kilogrammni, kichigini vazni 1,9 kilogrammni tashkil etib, ular Sirdaryo viloyat perinatal markazi tibbiyot xodimlari nazorati ostida dunyoga keldi.

    Ayni vaqtda uch egizak aka ukalar Hasan, Husan, Yusuflarning salomatligi yaxshi. Ularga belgilangan tartibda tibbiy yordam koʻrsatilyapti.

    Shu bilan birga, yangi yilning ilk kunlarida tugʻilgan chaqaloqlar Hasan, Husan, Yusuflarning ota onasiga tuman hokimligi, homiylar tomonidan yordamlar ham koʻrsatildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.