Bu yoshlar, ayniqsa, qizlarning sogʻlom voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda 8-mart- Xalqaro-xotin qizlar kuni munosabati bilan tuman (shahar) va viloyat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Sport bilan 100 yoshga kiramiz!” shiori ostida “Ayollar spartakiadasi” tashkil etildi. Mazkur spartakiadada sportning yengil atletika, voleybol, stritbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va darts turlari boʻyicha jami 200 nafardan ortiq ishtirokchilar gʻoliblik uchun bellashishdi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu tadbir keskin bahslarga boy oʻtdi.
Sir emaski sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashda sportning oʻrni benihoya katta. Ayniqsa xotin-qizlar sportini rivojlantirish xalqimiz kelajagi, yoshlarning sogʻlom boʻlishida muhim ahamiyatga ega. Zero ayol sogʻligʻi – buyuk yurtning ertangi kelajagi demakdir.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar “Eng yoshi ulugʻ ishtirokchi”, “Eng mahoratli havaskor sportchi” va “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari bilan taqdirlandi.