Sirdaryoda yilning to'rt faslida ham qulupnay etishtiriladi

    Agrosektor 28 Yanvar 2021 4136

    Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani “Navbahor” mahallasida “Bek klaster” mas'ulyati cheklangan jamiyati tomonidan yilning to'rt faslida ham qulupnay etishtirish yo'lga qo'yildi.

    Mazkur loyiha asosida 25 gektar maydonda gidroponika uslubidagi issiqxona tashkil etilib, yapon navli qulupnay ko'chatlari qadaldi.

    Ayni kunda hosilga kirgan qulupnaylar pishib etilgan. Mazkur issiqxona orqali ekin maydonlarining asosiy qismi sho'rlangan Sirdaryo sharoitida yil o'n ikki oy qulupnay etishtirish imkoniyati yaratildi.

    Hozirgi qish mavsumida pishib etilgan qulupnayni ichki bozorga hamda evropa davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

    Chet mamlakatlarga eksport qilish rejalashtirilgan qulupnay mahsulotining fitosanitar holati O'simliklar karantini hududiy inspektsiyasining agronom inspektorlari tomonidan domiy ravshida nazorat qilinmoqda hamda hosilni karantin ostidagi zararli organimzlardan himoya qilish borasida issiqxona xo'jaligi agronomlariga tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.

    Viloyat hokimligi Axborot xizmati