Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 29-aprel kuni 22:08 da Sirdaryo viloyati FVBga, Guliston shahar, “Doʻstlik“ MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik“ kanaliga “Onix” rusumli avtomobil haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, viloyat FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va avtomobil kanaldan chiqarib olingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.









