Oʻrganish natijasida korxona tomonidan birja savdolarida paxta chigiti kunjarasining boshlangʻich narxini asossiz oshirib qoʻyishi oqibatida isteʼmolchilardan 316,3 mln soʻmlik ortiqcha mablagʻ olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan kiritilgan daʼvo arizasi boʻyicha masala sudda atroflicha koʻrib chiqilib, “Guliston ekstrakt yogʻ” AJga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va asossiz olingan mablagʻlarni isteʼmolchilarga qaytarish choralarini koʻrish belgilandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi