Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida faoliyat olib borayotgan koʻp tarmoqli Oqoltin ApK klasteri jamoasi tuman tibbiyot birlashmasiga yordam berish maqsadida ikki dona oksigenator hadya qildi.
Hadyani Oqoltin ApK klasteri rahbari oʻrinbosari Shavkat Umatov tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlariga topshirarkan, bunday xomiylik va xayriya yordamini yana koʻrsatishini, muhimi, koronavirus balosidan tezroq qutilish asosiy maqsad ekanligini taʼkidladi.
Bu xomiylik yordamidan nafaqat tuman tibbiyot birlashmasi shifokor, hamshiralari, bu yerda davo muolajalarini olayotgan bemorlar ham xursand boʻlishib, elimizni boshiga kelgan bu balolar tezda forigʻ boʻlishini, tinch hayot bagʻiriga qaytishimizni yaratgandan soʻrab, ushbu saxovatpesha insonlar nomiga ham duo qilishdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.