"Esingizda boʻlsa, biz Tokio olimpiadasidan soʻng keyingi safar albatta jahonda kuchli oʻn beshtalikka kiramiz, deb niyat qilgan edik.
Lekin faqat niyatning oʻzi bilan cheklanmasdan, avvalo, bu masalaga boʻlgan qarashimizni oʻzgartirib, uch yil davomida qattiq va tinimsiz mehnat qildik, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib, ana shunday yuksak marralarni zabt etdik", — dedi Prezident nutqining davomida.
Bunday ulkan arenada eng kuchli va mohir atletlar, zoʻrlarning zoʻri ishtirok etadi.
“Shu maʼnoda, sizlar xalqimizning chinakam qahramonlari, botir oʻgʻil-qizlari, Vatanimiz iftixorlarisiz. Barchamiz sizlar bilan gʻururlanamiz!”, — dedi Prezident.