Slovakiyada o'tkazilgan prezidentlik saylovida Peter Pellegrini g'alaba qozondi

    Slovakiya Davlat saylov komissiyasi shanba kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida Milliy kengash (parlament) spikeri, “Ovoz – sotsial-demokratiya” partiyasi yetakchisi Peter Pellegrini g'alaba qozonganini rasman tasdiqladi.

    Bu haqda Slovakiya televideniyesi xabar berdi.

    Peter Pellegrini prezidentlik saylovlarida 53,12 foiz ovoz oldi. Unga 1 million 409 ming 255 kishi ovoz berdi.

    Peter Pellegrinining raqibi, sobiq Slovakiya tashqi ishlar vaziri Ivan Korchok 1 million 243 ming 709 nafar saylovchining (46,87 foiz) ovozini to'plagan. Saylovda saylovchilarning 61,14 foizi ishtirok etdi, deb xabar beradi tass.ru.