Sobiq bosh operator tadbirkorning yoqilgʻisini oʻzlashtirdi

    Xavfsizlik 24 Iyun 2023 2030

    Kogon tumanida tadbirkorning 4 825 litr yoqilgʻisini oʻzlashtirgan sobiq bosh operator aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.B.” MCHJ sobiq bosh operatori A.X. oʻzining moddiy javobgarligidagi 210 mln soʻmlik 4 825 litr yoqilgʻi mahsulotini fuqaro M.ga 1 800 AQSH dollariga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.