Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.T. “A.I.” kompaniyasining Jizzax sugʻurta markazi direktori lavozimida ishlagan paytida oʻziga ishonib topshirilgan 101 ta sugʻurta polisi sotuvidan tushgan 138,5 mln soʻmni kirim qilmaganligi va 231 mln soʻmlik sugʻurta polislari kamomadiga yoʻl qoʻyganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.