Sud hukmiga koʻra A. Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Unga nisbatan yetkazilgan moddiy zararning oʻrni toʻliq qoplanganligi sababli3-yil muddatga boshqaruv tizimi, rahbarlik va mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilgan tarzda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida jarima va har oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Taʼkidlash joizki, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi belgilangan. Shu bois, sudning hukmi bilan jinoyat boʻyicha yetkazilgan zarar sud jarayoni davomida toʻliq qoplanganligi sababli A. Voitovga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga toʻlangan pullar davlat foydasiga oʻtkazilishi belgilangan.
X. Karimovga(Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan)Jinoyat kodeksiningtegishli moddalari bilan 3-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilgan holda 8-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 60 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda tegishli jazolar, xususan, 9 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 51 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlandi.









