Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-fevral oyida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 294 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

2021-yilning 1-mart holatiga koʻra, ushbu sohada jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 392 tani tashkil etmoqda.

2021-yil yanvar-fevral oyida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega boʻlgan hududlarga, jumladan Toshkent shahri – 66 ta, Fargʻona viloyati – 31 ta,Toshkent viloyati – 27 ta, Samarqand viloyati – 23 ta kiradi.