39 yoshli mutaxassis Mirzoxidjon Qodirov oʻz faoliyatini Toshkent farmatsevtika instituti Tayyor dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti vazifasidan boshlagan.

Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Farmakopeya qoʻmitasida 1-toifali mutaxassis, yetakchi mutaxassisi, qoʻmita raisi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

M. Qodirov 2019-yildan hozirga qadar “Healthcare Business” MCHJ direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.