Mana shunday muhim masalalar ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizda qator islohotlar olib borilmoqda. Kuni kecha 2022-yilning 1-aprel sanasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan Yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish ham shular jumlasidandir.
Darhaqiqat, yigʻilish davomida taʼkidlangan soʻnggi uch yilda 118 ta sport majmuasi, mahallalarda 7 mingta sport maydonchasi foydalanishga topshirilganligi bugungi kunda 3500 ta mini-futbol, 6 mingta basketbol, voleybol, 663 ta badminton maydonlari, mingdan ortiq fitnes zallari mavjudligi, har bir tuman va shahar markazlarida “Salomatlik yoʻlaklari” va velosiped yoʻllari tashkil etilganligi haqidagi faktlar yurtimizda sportga boʻlgan eʼtibor va bu borada amalga oshirilayotgan harakatlar sifatida misol qilishimiz mumkin.
Yurtimizda yoshlar qatlami yuqori hisoblanib, ular orasidan uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish, xalqaro arenalardan sport sohasida mamalakatimiz nufuzini koʻklarga oshirishga, uyushmagan yoshlarni esa bandlik bilan taʼminlash imkon beradi. Shuni aytib oʻtish joizki, sportni ommalashtirish borasida Buxoro viloyat kesimida ham qator yangilik va imkoniyatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Buxoro sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi mahallalarda “5 tashabbus olimpiadasi” ning sport yoʻnalishi boʻyicha ommaviy sport olimpiadasi musobaqalari oʻtkazilmoqda. Ushbu olimpiada musobaqalari doirasida 4000 nafar uyushmagan yoshlarni qamrab olishga erishildi. Asosiysi aholining 7-30 yoshgacha boʻlgan qatlami vakillarini ommaviy tarzda sport bilan muntazam shugʻullantirishlari uchun mexanizm yaratish, mahallalarda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismonan sogʻlom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida ham ushbu ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi.
Shuningdek, Buxoro davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan mahallalarda uyushmagan yoshlar hamda keksalar ishtirokida sport musobaqalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalilidir.
Rauf Raxmonov,
Buxoro davlat universiteti Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti
Rustam Rahimboyev,
Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2- bosqich talabasi