Targ'ibot guruhi a'zolari Olmazor tumanidagi 28-umumta'lim maktabida bo'lib, kasalliklar profilaktikasi va salomatlik sirlari,  insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish omillari xususida tushuntirish ishlarini olib bordi.  Shuningdek, o'quvchilarga COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O'zbekistonda ham aholining sog'lom hayot kechirish darajasiga ko'rsatgan ta'siri, koronavirus infektsiyasi avvalo yurak-qon tomir va nafas yo'llari hamda semizlik kasalligiga chalingan fuqarolarning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi, infektsiyadan saqlanishda sog'lom turmush tarzining ahamiyati beqiyos ekanligi tushuntirildi.

Zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug'ullanish, to'g'ri ovqatlanish, xususan tarkibida tuz, qand va yog' miqdori ko'p bo'lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me'yoridan ortiq iste'mol qilmaslik, bir so'z bilan aytganda, sog'lom turmush tarzini kundalik hayot tarzimizga aylantirishimiz zarurligi etkazildi.