Unda Amir Temur va temuriylar davrida shakllangan yuksak davlatchilik anʼanalari, ilm-fan va madaniyatning rivojlanish tajribasi, shuningdek, ularni bugungi Yangi Oʻzbekistonning rivojlanish strategiyasi bilan uygʻun holda oʻrganish masalalari koʻrib chiqilib, bir qator olimlar va talaba yoshlarning Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga oid maʼruzalari oʻqildi.
Taʼkidlanganidek, Amir Temur asos solgan markazlashgan davlat tizimi oʻz davri uchun eng mukammal boshqaruv modeli boʻlib, unda adolat, qonun ustuvorligi, tartib-intizom va kuchli harbiy strategiya asosiy tamoyil sifatida oʻrnatilgan. Bu esa hududiy yaxlitlikni taʼminlash bilan birga, iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligini mustahkamlashga xizmat qilgan. Shu jihatdan, Amir Temur tomonidan ilgari surilgan boshqaruv tamoyillari hozirgi vaqtda ham zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi alohida koʻrsatib oʻtildi.
Konferensiyada temuriylar davri renessans bosqichi sifatida baholanib, bu davrda ilm-fan, madaniyat, meʼmorchilik va sanʼat yuksak darajada rivojlangani ilmiy asoslarda muhokama qilindi. Jumladan, astronomiya, matematika, tibbiyot, tarix va adabiyot sohalarida erishilgan yutuqlar Sharq va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgani taʼkidlandi.
Minajatdin Qutlыmuratov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.