Toshkent fotosuratlar uyida “Sohir qalam moʻjizasi” III Respublika xattotlik va miniatyura koʻrgazmasi va unda Buxoro miniatyura maktabi taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari 28204 nafarni, shogirdlar soni 116 744 nafarni tashkil etadi. Hunarmandchilikning xattotlik va miniatyura yoʻnalishida esa, 212 nafar usta hunarmand faoliyat olib bormoqda.

Respublika “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda har yili barcha hududlarda xattotlik va miniatyura asarlaridan tashkil topgan koʻrgazma tashkil etilgan.

“Xattotlik sanʼatining milliy hunarmandchilikdagi ifodasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari, sanʼatshunoslar, xattotlar, hunarmandlar, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oliy taʼlim muassasalari vakillari, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlardan soha mutaxassislari, olimlar, xattotlar, sanʼatshunoslar qatnashdi.

Anjuman materiallari kitob holida chop etilgan boʻlib, maʼruzalarda keltirilgan maʼlumotlar madaniyatimiz tarixini boyitadi, ularni targʻibot qilish tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻladi.

Hasan Abdunazarov