Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar negizida ham namoyon boʻlmoqda.

Bunga birgina misol Davlat rahbari tomonidan joriy yilning sentyabr oyida soliq tizimida tashkil etilgan “Mahallabay” dasturining tashkil etilishi natijasida mamlakatimizning barcha mahallalarida Soliq xodimlari ish faoliyatini boshladi.

Yashnobod tuman “OLMOS”MFY Soliq inspektori Baxtiyor Boltayev tomonidan oʻziga biriktirilgan mahalla hududida Katta olmos koʻchasi 1-tor koʻcha 16-xonadon oʻrganilganda xonadon egasi 90 yoshni qarshilagan Isakov Ziryak toʻshakda yotganligi maʼlum boʻldi.

Toʻlov imkoniyati yoʻqligi sababli, soliq xodimi tomonidan saxovatpesha homiylar topib, mol-mulk va yer soliq va penya uchun jami 874.000 soʻm soliq qarzi yopildi.

22-dekabr kuni toʻlov kvitansiyasi va oziq-ovqat mahsulotlari Baxtiyor Boltayev boshchiligida homiylar tomonidan Yangi yil bayrami arafasida xonadonga olib borib berildi.